top of page
bg.png
#umidphotographer-83.png

Qobilov Abdulbosit Badriddin qori

Qobilov Abdulbosit Badriddin qori dada o‘g‘li 1983-yil 31-yanvar kuni Andijon viloyati, Andijon shahrida ahli Qurʼonlar oilasida dunyoga kelgan.

Qurʼon ilmini otasi Badriddin qori dadadan olib, 14 yoshida Qurʼoni Karimni to‘liq yod olgan.

bg.png

Abdulbosit qori 1990—1999-yillarda o‘rta maktabda taʼlim olgan. 2007—2011-yillarda “Sayyid Muhyiddin Maxdum” o‘rta maxsus Islom bilim yurtida taʼlimni davom ettirib, 2011—2015-yillarda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti

(oliy maʼhad)ni tamomlagan.

 

Abdulbosit qori 2008-yilda respublika qorilar musobaqasida “Murattab qori” yo‘nalishida qatnashib, oliy o‘rinni egallagan. G‘oliblik mukofoti o‘laroq Eronda xalqaro qorilar musobaqasida ishtirok etib, faxrli o‘ringa sazovor bo‘ladi.


Abdulbosit qori birinchi marta 1999-yil Andijon shahrida xatmi Qurʼon qilib, taroveh namozlariga o‘ta boshlaydi. Shundan so‘ng 2001—2010-yillarda Andijon shahrining markaziy masjidi bo‘lmish “Devonaboy” jome masjidida, 2011—2015-yillarda Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” (Kamolon) jome masjidida va 2016—2019-yillarda “Minor” jome masjidida o‘tkazilayotgan taroveh namozlarida ishtirok etadi.

Abdulbosit qori Qobilov 2018-2020 yillar oralig’ida  Toshkent shahrida joylashgan “Minor” jome masjidi muazzini lavozimida, 2018 yildan hozirgi kunimizga qadar   Toshkent islom instituti “Tahfizul Qur’on” kafedrasi o‘qituvchi,  2020-2023 yillarda  Toshkent shahri Yunusuobod tumani  “Xasanboy” jome masjidi imom-noibi lavozimida, 2021-2023 yillarda  Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti, 2023 yil 27-yanvar kini O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘iga muvofiq Yunusobod tumani "Minor" jome masjidi imomining noibi etib tayinlandi. 


Allohning marhamati bilan hozirgi kunda Abdulbosit qori Qobilov 2023 yildan hozirgi kunimizgacha Toshkent shahri, Shayxontohur tumani  “Shayx Zayniddin” jome masjidida imom-noibi vazifasida va Toshkent islom instituti “Qur’on ilmlari” kafedrasi o‘qituvchisi vazifasida Qurʼoni karimdan dars berib kelmoqda. 
Yurtimizdagi bir qancha masjidlarda o‘tkazilgan taroveh namozlarida Qurʼon karimni xatm qilishda ishtirok etib, Alloh taolo inʼom etgan ilmi va shirali ovozi bilan ko‘plab muxlis hamda ustozlar muhabbatiga erishib kelmoqda.

bottom of page